Raqamli biznes mutaxassislari biznes modellarini qaytadan ixtiro qilish, biznesni IT bilan bog'lash, analitika maʼlumotlarini to‘plash, tahlil qilish, maʼlumot bazasini yuritish, marketing jamoani boshqarish, biznes tizimini avtomatlashtirish va qulayliklar yaratish kabi vazifalar bilan shug‘ullanadilar. Raqamli biznes mutaxassislari biznes tizimini, marketingni yaxshi tushunish bilan bir qatorda, tashqi maʼlumotlardan foydalanib, o‘zining tushunchalarini va hisob-kitoblar bilan birlashtiradigan raqamli tasvirlarni yaratadi va amalda qo‘llaydi. Raqamli biznes mutaxassisining taxminiy yillik daromadi 30.000$ - 130.000$ oralig‘ida baholanmoqda!